Navob, Nabob

Navob, Nabob (arabcha)-1) Boburiylar saltanatida viloyat hokimi. XVIII asrning 1-yarmida saltanat inqiroziga yuz tutgach, Bengaliya, Arkot va boshqalarning Navoblari mustaqil hokim bo’lib qolganlar. XVIII asrning 2-yarmida ingliz mustamlakachilari Navoblarni o’zlariga bo’ysundirganlar va shundan keyin Navoblarni tayinlash, vazifasidan chetlatish ular ixtiyorida bo’lgan; 2) Hindistondagi musulmon aslzodasining unvoni; dabdabali hayot kechiruvchi boy.