Navro’z

Navro’z (forscha-yangi kun)-shamsiya (quyosh) yil hisobida yilning birinchi kuni; O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimgi an’anaviy bayrami. Bahorgi tengkunlikka (21 yoki 22 mart), ya’ni Quyoshning Hamal burjiga kirishiga to’g’ri keladi. Navro’z dehqonchilik ishlarini boshlash bayrami ham hisoblanadi. Navro’z bayramida ommaviy xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan ko’katlardan tansiq taomlar pishirilgan, ba’zi ekinlarni ekish boshlangan. Tarixiy manbalarga ko’ra, Navro’zni bayram qilish ahamoniylar davridan boshlangan va O’rta Osiyo, Eron, Afg’oniston xalqlarida eng katta bayramlardan biri hisoblangan.