Xabbl qonuni
Xabbl qonuni Koinotning uzluksiz kengayishi xususiyatini ifodalovchi qonun; 1929 yilda E. Xabbl taklif etgan. Bu kengayishning eng oddiy modeli bolalar sharini puflaganda uning kattalashishidir. Bunda shar sirtidagi boshlang’ich nuqtalar bir-biridan vaqt davomida uzoqlashib boradi. Kuzatuvchi shu nuktalarning (galaktikalar to’dasining) birida joylashgan, deb tushuntiradi. Galaktikalar to’dalari va kvazarlarning bizdan uzoqligi R va uzoqlashish tezligi V orasidagi bog’lanish quyidagicha ifodalanadi: V=HR; bunda N — Xabbl doimiysi. Xabbl qonuni katta masshtabda doimo o’rinli, N doimiy fizik tabiatiga ko’ra, vaqtga bog’liq funktsiya bo’lib, gravitasion tortish kuchlari Koinot kengayishini sekinlashtirishi mumkin. Xabbl qonuni amalda keng qo’llaniladi. Uning yordamida, xususan, bizning Galaktikamizdan juda uzoqda joylashgan ob’yektlargacha bo’lgan masofa osonlik bilan aniklanadi. Buning uchun ob’ektning spektridan uning qizilga siljish qiymati topilib, yuqoridagi formuladan masofa kiymati hisoblanadi. Koinot galaktikalari, odatda, ko’proq to’dalarni hosil qilib, ularga kirmaydiganlari (o’z xususiy tezliklari bo’lgani uchun) Xabbl qonuniga taxminan 15% xatolik bilan bo’ysunadi.