Omnibus
Omnibus (lotincha omnibus-hamma uchun)-ko’p o’rinli ot-arava; jamoat transportining dastlabki turi; avtobusning o’tmishdoshi. Nechta yo’lovchi tashishiga qarab unga 2,4, hatto 6 ot qo’shilgan. Dastlab (1662 yili) Parijda paydo bo’lgan, keyinchalik boshqa Yevropa mamlakatlariga tarqalgan. Shaharlar ichida va shaharlar orasida qatnagan. Ichki yonuv dvigateli paydo bo’lganidan so’ng (1860), asta-sekin o’z ahamiyatini yo’qota borgan. Ba’zi Yevropa mamlakatlarida XX asr boshlarigacha qo’llanilgan.