Jivet asri va yarusi
Jivet asri va yarusi (Frantsiya shimolidagi Jive shahri nomidan) — devon davri o’rta epoxasining kechki asri va o’sha vaqtda hosil bo’lgan yotqiziqlar. Belgiyalik geolog J. Gossle (1880) Ardennada aniqlagan. Jivet asri va yarusi asosan gilmoya, qumtosh, alevrolit, Gravelit, dolomit va ohaktoshlardan iborat. Dengiz yotqiziqlaridan braxiopodali (Stringocephalus burtinii Defr. va boshqalar), ba’zan goniatitli (Maenioceras, Agoniatites va boshqalar) ohaktoshlar ko’proq uchraydi. O’zbekistonda Chatqol, Qurama, Olay tog’larida va Qizilqumdagi tog’liklarda Jivet asri va yarusi yotqiziqlari keng tarqalgan. Yarus yotqiziqlari Angliya, Amerika, Avstriya, Markaziy Qozog’iston, Rossiya Federatsiyasi (Sibir va Ural), O’rta Osiyoda ham uchraydi..