ANTISEGNETOELEKTRIKLAR
ANTISEGNETOELEKTRIKLAR – dipollari parallel joylashmagan segnetoelektriklar. Antisegnetoelektriklar antiferromagnitlarning o’xshashi bo’lib, tashqi elektr maydon bo’lmaganda ionlarning ayrim kristall panjaralari noldan farkli elektr dipol momentiga ega bo’ladi. Tashqi elektr maydon ta’sirisiz ham dipollari bir xil yo’nalgan domenlar mavjud. Elektr maydon kuchi yo’nalishidagi qo’shni domenlarda dipollarning orientirlanishi (yo’nalishi o’zgarishi) natijasida domen o’sa boshlaydi. Eng oxirida dielektrik shu yo’nalish bo’yicha qutblanadi. Dielektriklar elektr maydon kuchi ta’sirida qancha jadal qutblansa, shu dielektrik ishlatilgan kondensatorning sigimi shuncha katta bo’ladi. Ba’zi Antisegnetoelektriklarda kuchli elektr maydon ta’sirida segnetoelektrik holatga fazoviy o’tish sodir bo’ladi, ya’ni Antiparallel holatdan dipollari tartiblashgan parallel holatga o’tiladi. Antisegnetoelektriklarga PbZ2O3, NaNbOj, PbMgWO6 va boshqa birikmalar kiradi. Ularda antisegnetik holatdan segnetik holatga fazoviy o’tish mos ravishda 230°, 360° va 38° da sodir bo’ladi. Ba’zi qattiq birikmalar asosidagi Antisegnetoelektriklarning dielektrik va pezoelektrik ko’rsatkichlari yaxshi bo’lganligi uchun elektron texnikada keng ishlatiladi (chiziqsiz optik material sifatida lazer texnikasida; yorug’lik nurini boshqarish uchun elektrooptik qurilmalarda, past chastotali, katta solishtirma sig’imga ega bo’lgan kondensatorlarni ishlab chiqarishda; hisoblash texnikasida xotira elementi sifatida; dielektrik kuchaytirgichlarda, modulyatorlar va boshqa qurilmalarda ishlatiladi).