Undov gap

Undov gap — so’zlovchining ichki hishayajonini, voqelikka bo’lgan turlicha emotsional munosabatlarini ifodalovchi gap. Undov gap o’ziga xos tuzilishga va grammatik belgilarga ega. Undov gapda ohangning roli katta bo’lib, qanday maz mun ifodalanishiga qarab, ohang ham o’zgarib turadi. Undov gaplarda qayratlanish, taajjub, zavqlanish, orzu-umid, achinish, qo’rqish kabi emosional mazmun ifodalanishi mumkin. Odatda, hishayajon ifoda qilayotgan so’z kuchli ohangga ega bo’ladi. Masalan, Eh, bu vodiy naqadar go’zal! Bu kunlarga kim etdiyu, kim etmadi! (O’. Hoshimov). Undov gaplarning tarkibida undov so’zlar, yordamchi so’zlar ishtirok etishi mumkin. Bunday gaplarda fikr kuchli his-hayajon bilan ifodalanganligi uchun ba’zi adabiyotlarda ular his-hayajon gap deb ham yuritiladi va ko’pincha ular oxiriga undov belgisi qo’yiladi.