Lingvistik geografiya, dialektografiya

Lingvistik geografiya, dialektografiya — dialektologiyaning bir bo’limi, unda lahja va shevalarga xos lisoniy unsurlar va hodisalarning hududiy tarqalishi o’rganiladi. Lingvistik geografiya ma’lum hududda tarqalgan til hodisalari (tovushlar, grammatik shakllar, so’zlar)ni aniqlaydi, hududiy til xususiyatlarini xalq tarixi, til tarixi bilan bog’liq holda qiyoslab, tushuntirib, ma’lum til qodisalarining o’rni va tarqalish chegarasini atlas va xaritalar orqali ifodalaydi. Xarita ham, atlas ham Lingvistik geografiyaning ifoda vositasi bo’lib, uning asosiy maqsadi tilning taraqqiyot qonuniyatlari va yo’llarini, aniq bir lahjaning paydo bo’lishi va mavjudligining sabablarini, shuningdek, sheva xususiyatlarining adabiy tilga bo’lgan munosabati va o’zaro munosabati masalalarini tushuntirib berishdir. Lingvistik geografiya 19-asrning o’rtalarida paydo bo’ldi. O’zbekistonda esa lingvogeografik usulda shevalarni o’rganish 1940-yillarda boshlangan.