Lugovskoy Vladimir Aleksandrovich
Lugovskoy Vladimir Aleksandrovich [1901.18.6(1.7), Moskva – 1957.5.6, Yalta] — rus shoiri. Ijodining dastlabki bosqichida konstruktivizm oqimi ta’sirida bo’lgan. “Do’st-yorlarim iztiroblari” (1930) to’plami uning bu oqim bilan uzil-kesil aloqasini uzganidan shahodat bergan. 20-asr 30-yil boshlarida O’rta Osiyoda birmuncha vaqt yashab, “Sahro va bahor bolsheviklariga” she’riy epopeyasini yaratgan (1-kitobi — 1931, 2-kitobi — 1933). Qora dengiz floti kemalarida qilgan uzoq muddatli safarlari natijasida “Yevropa” (1932) she’rlar kitobini chop etgan. “Hayot” (1933) avtobiografik dostonida Lugovskoyning voqelikni falsafiy idrok etish tamoyili, “Kaspiy dengizi” (1936) va boshqa she’riy kitoblarida esa keskin lirizmga asoslangan o’ziga xos uslubi shakllana boshladi. Lugovskoy ijodining cho’qqisi “asr o’rtasi” (1958) kitobi hisoblanadi. Lugovskoy 2-jahon urushi yillarida O’zbekistonda yashab, Oybekning “o’ch” dostonini va boshqa o’zbek shoirlari she’rlarini rus tiliga tarjima qilgan. As: Stixotvoreniya i poemi, M.—L., 1966.