Leyshmanioz
Leyshmanioz — odam va hayvonlarda uchraydigan kasallik. Ko’proq tropik va subtropik iqlimli mintaqalarda qayd etiladi. Leyshmaniyalar qo’zg’atadi va iskabtoparlar orqali yuqadi. Infektsiya manbai kemiruvchilar hisoblanadi. Teri leyshmaniozi va ichki a’zolar visseral leyshmaniozi farq qilinadi. Vistseral leyshmanioz “kalaazar” deb ham yuritiladi. Kasallikning bu turi bilan ko’proq bolalar kasallanadi (birinchi bo’lib kasallik qo’zg’atuvchisini topgan ingliz vrachi U.Leyshman nomidan olingan). U surunkali kechadi, ichki a’zolar jiddiy zararlanadi; dam-badam isitma xuruj qilishi, jigar va taloqning nihoyatda kattalashuvi, anemiya va juda oriqlab ketish kasallikka xos alomatlardir. Ko’pincha, o’lim hollari kuzatiladi. Davolash uchun tarkibida surma bor preparatlar (solyusurmin, stibanol, neostibodan va boshqalar) qo’llaniladi. Oldini olish iskabtopar va kemiruvchilarni qirishdan iborat. Shaxsiy himoya vositasi — repellentlardan foydalaniladi.