Lizosim
Lizosim (Liz…va Yunoncha zyme — xamirturush), muramidaza — gidrolazalar sinfiga mansub ferment, bakteriya hujayralari pardasini yemiradi. Mukopolisaxaridlarda N – atsetilmuramin kislota, R – glyukozid bog’ini va N-atsetilglyukozaminning parchalanishini katalizlaydi. Lizosim odam va hayvonlar organizmining ko’pgina to’qima va suyuqliklari (ko’z yoshi, balg’am, so’lak, taloq, jigar, shilliq qavatlar), shuningdek, ayrim o’simliklar, bakteriyalar va faglarda topilgan; tovuq tuxumi oqsilida ayniqsa ko’p. Tuxum oqsili Lizosimi to’liq o’rganilgan, u 129 aminokislota qoldig’idan iborat, molekulyar modda 14.000 ga yaqin Lizosim odam va hayvonlar organizmining tashqi muhit bilan aloqa bo’ladigan joylari (ko’z, burun-yutqin va boshqalar)da bakteriyaga qarshi to’siq (barer) hosil qiladi. Lizosim preparati ko’z, burun-halqum kasalliklarini davolashda, yarada, kuyganda, akusherlik amaliyotida, shuningdek, oziq-ovqat sanoatida va boshqalarda ishlatiladi.