Limbik sistema

Limbik sistema (lotincha Limbus – hoshiya), visseral miya — bosh miyaning anatomik va funktsional jihatdan bir-biriga yaqin bo’limlari majmui. Limbik sistema miya po’stlog’i bilan ham, po’stloq osti tuzilmalari bilan ham bog’langan bo’lib, hid bilishda va ichki a’zolar faoliyatini tartibga solishda ishtirok etadi. Lekin Limbik sistemaning asosiy funktsiyasi organizmning xatti-harakatlari va ruhiy faolligini yuzaga chiqaradigan o’z-o’zidan boshqarilish jarayonlariga bog’liq. Limbik sistemaning turli qismlariga turli usullar bilan ta’sir etish yoki ularni zararlash yo’li bilan qo’rqish, g’azablanish va shu kabi boshqa holatlarni paydo qilish yoki bartaraf etish mumkin.