Litofil elementlar
Litofil elementlar (lito… va Yunoncha phileo — sevaman) — tog’ jinslari kimyoviy elementlari. Norveg geokimyogari, V. M. Goldshmitning elementlar geokimyoviy tasnifi (1923) bo’yicha Yer po’sti (litosfera) minerallarining asosiy qismini tashkil etuvchi kimyoviy elementlar (53 element) guruhi. Tabiatda bu elementlarning asosiy massasi silikatlar tarkibiga kiradi. Shuningdek, yer pustida Litofil elementlarning kislorodli, kremniyli, alyuminiyli birikmalari ham nihoyatda ko’p tarqalgan. Litofil elementlar Yer po’stining taxminan 93% massasini, ocean suvlaridagi tuzlarning deyarli 97% ni tashkil etadi. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, har bir kimyoviy element materiyaga xos bo’lgan barcha xilma-xil xususiyatlarga ega. Har bir kimyoviy elementning o’ziga xos alohida xususiyatlari o’zi mavjud bo’lgan sharoitlarga bog’liq ravishda namoyon bo’ladi.