Velde (van de Velde) Xenri (Anri) Klemens van de
Velde (van de Velde) Xenri (Anri) Klemens van de (1863.3.4, Antverpen — 1957.25.10, Syurix) — belgiyalik me’mor va bezak san’ati ustasi. “Modern” uslubining boshlovchilaridan. Nemis “Verkbund” birlashmasi (me’morlar, bezak san’ati ustalari va sanoatchilarni birlashtiruvchi)ning asoschilaridan biri (1907). Mebel loyihalarida (1894 y.dan), interer bezaklarida (Germaniya, Xagendagi Folkvang muzeyi, 1901-02) va Kurili shaharlarda (Bryusseldagi Blumenverf uyi, 1895) “modern” uslubi tashabbuskori sifatida egri chiziqli shakl va bezaklardan foydalangan. Me’mor va nazariyotchi sifatida ratsionalizm asoschisi va rahbarlaridan biri bo’lgan (Veymardagi badiiy sanoat maktabi, 1904; Kyolndagi Verkbund teatri, 1914). Keyinroq funktsionalizm asoschilaridan, nazariyotchisi va rahbarlaridan biri bo’ldi (Veymardagi me’morlik va qurilish oliy maktabi; 1904-07; Gentdagi kutubxona, 1935-40; Otterlodagi Kryoller-Myuller muzeyi, 1938-54 va boshqalar).