Velikie Luki

Velikie Luki – Rossiya Federatsiyasi Pskov viloyatidagi shahar. Lovat daryosi yoqasida. Aholisi 116 ming kishidan ziyod (1999). Temir yo’l tuguni. Mashinasozlik va metallsozlik (o’rmon va torf sanoati uchun mashinalar, yuqori voltli apparaturalar va boshqalar), yengil, oziq-ovqat, yog’ochsozlik sanoati korxonalari bor. Qishloq xo’jalik instituti, teatr, 2 muzey mavjud. Velikie Luki 1166 yildan ma’lum, 1211 yildan qal’a. Velikie Luki yaqinida M. P. Musorgskiy va S. V. Kovalevskayaning memorial muzeyi bor.