Vanj tizmasi
Vanj tizmasi — Pomirdagi tog’ tizmasi. Uzunligi 80 kilometr, eni 15 kilometr. Vanj tizmasi Vanj va Yazg’ulom daryolari havzalari orasidagi suvayirg’ich. Sharqiy qismi baland (4500-5600 metr), g’arbiy qismi kambar. Vodiylari juda chuqur va tor. Vanj tizmasi, asosan, quyi paleozoyda hosil bo’lgan granit, gneys, kvarsit, marmar, shuningdek qumtosh, konglomerat kabi jinslardan tarkib topgan. Vanj tizmasida o’simlik siyrak; archa, na’matak, do’lana o’sadi, ba’zi yerlarida yaylovlar uchraydi. 4000 metrdan yuqoridagi tog’ tepalari doimiy qor va muzlik bilan qoplangan. Muzliklarning umumiy maydoni 221,1 km2.