Vanilin
Vanilin (3-metoksi, 4-gid- rooksibenzaldegid), SHN8O, — vanil hidi keladigan rangsiz, achchiq kristall modda. Molekulyar modda 152,15. Suyuqlanish temperaturasi 81-83″, qaynash temperaturasi 284-285° (SO2 muhitida). Temperatura ko’tarilganda parchalanmay, sublimatlanadi. Suvda oz eriydi, spirt, efir, xloroform va boshqa erituvchilarda yaxshi eriydi. Vanilin vanil mevalarida glikozid holida uchraydi. Sintetik Vanilin lignindan, gvayakol hamda evgenoldan olinadi. Oziq-ovqat, atir-upa sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi. Vanilinning qand kukuni bilan aralashmasi “vanil shakari” muzqaymoq va turli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo’llaniladi.