Van Vey, mo-Sze

Van Vey, mo-Sze (699 yoki 701, Tayyuan — 759 yoki 761, Sian) — Xitoy rassomi, shoir. Xitoy monoxrom (bir rangda ishlanadigan) manzara rassomli- gi asoschisi. Shoyi mato, devorga rasmlar ishlagan, bunda tushning rang tuslari, shaffoflik imkoniyatidan, chizgi chiziqlardan foydalangan. Go’zal manzaralarida tabiatning ko’tarinki umumlashma obrazlarini yaratgan. Asarlari (“Qor ostidagi dars”, “Szinanlik Fu Shen”, “qor yog’ganidan so’ng”) nusxalarda saqlangan. She’rlarida ham tabiatning nozik bo’yoq va tuslarini aks ettirgan. Ijtimoiy mazmundagi she’rlarida ideal davlat haqidagi orzu-o’ylari tarannum etilgan.