Vampirlar, arvoh shapalaklar, desmodsimonlar
Vampirlar, arvoh shapalaklar, desmodsimonlar (Desmodontidae) — ko’rshapalaklar oilasi. Vampirlarni ba’zan barg burunlilar oilasiga kenja oila sifatida kiritiladi. Tanasining uzunligi 6,5—9 santimetr. Yuqori jag’idagi kurak tishlari yirik va o’tkir; qoziq tishlari yaxshi rivojlangan; keyingi (oziq) tishlari mayda, qisman reduktsiyaga uchragan. Ichagi ka ta, oshqozoni cho’ziluvchan bo’lib, birdaniga ko’p miqdordagi oziqni saqlashta moslashgan. Vampirlar urug’i Janubiy va Markaziy Amerikada tarqalgan. Faqat issiqqonli hayvonlar (sut emizuvchilar, qushlar) qoni bilan oziqlanadi, odamga ham hujum qilishi mumkin. Kurak tishlari bilan o’ljasi terisini kesib, oqib chiqadigan kopni so’rib oladi. O’ljasi og’riq sezmaydi. Vampirlar so’lagida qon ivishining oldini oladigan modda bo’ladi. Vampirlar quturish kasalligining rezervanti (saqlovchisi) yoki tashuvchisi bo’lishi mumkin. Ba’zan Vampirlar mollarga yetkazgan jarohat bitmasdan yiring boylaganida ular halok bo’ladi. Katta yoki oddiy Vampirlar (Desmodus rotundus) ko’p uchraydi. Ular chorvachilikka katta ziyon keltiradi.