Vanadiy oksidlari
Vanadiy oksidlari – vanadiyning kislorod bilan hosil qilgan birikmalari: vanadiy (P)-oksid VO, vanadiy (Sh)-oksid V,O3, vanadiy (IV)-oksid VO2 (yoki V2O4) va vanadiy (V)-oksid yoki vanadat angidrid V2O5. Ulardan VO va V2O, — asos xossaga ega, VO, — amfoter, V,O da esa kislotalik xossasi bor. VO — yaltiroq kulrang modda bo’lib, kuchli qaytaruvchi, elektr tokini yaxshi o’tkazadi, suvda erimaydi. V,O3 — yuqori temperatuada suyuqlanadigan qora kristall modda, suvda erimaydi, anorganik kislotalar bilan tuzlar hosil qiladi, kuchli qaytaruvchi. VO2 (yoki V2O4) to’q zangori, suvda erimaydigan, gigroskopik yaltiroq kristall modda. Vanadiy (IV)-okcho. ishqorlarda eriganida vanadatlar hosil bo’ladi. Vanadat angidrid V,O5 ferrovanadiy, vanadiy, vanadatlar va boshqa turli vanadiy birikmalari ishlab chiqarishda oraliq mahsulotdir. U sulfat kislota olishda katalizator sifatida, maxsus shishalar, sirlar va qizil rangda shu’lalanuvchi lyuminoforlar olishda keng qo’llaniladi.