Valyuta boyliklari

Valyuta boyliklari – xalqaro valyuta-moliya muomalasi doirasiga jalb qilinadigan moddiy ob’yektlar. Unga chet el valyutasi, chet el valyutasidagi to’lov hujjatlari (veksellar, cheklar, akkreditivlar), jamg’arma boyliklar (aktsiya, obligatsiya), tabiiy yoki qayta ishlangan shakldagi qimmatbaho toshlar (olmos, marvarid, yoqut, aleksandrit va boshqalar), shuningdek noyob metallar (oltin, kumush, platina, platina guruhiga kiruvchi metallar — palladiy, iridiy, osmiy, rodiy, ruteniy va boshqalar) kiradi. Valyuta boyliklariga nisbatan muomalada maxsus cheklov tartiblari joriy qilingan.