Vanshli pech
Vanshli pech — 1) materiallar suyuq muhit (xlorli, uglerod oksidli, azot oksidli tuzlar va boshqalar) li vannada qizdiriladigan pech. Vanshli pechning alangali va elektr xillari bor. Alangali Vanshli pechda tigel (vanna) forsunka yoki gorelka alangasi bilan qizdiriladi. Elektr Vanshli pechning ikki turi bor: birinchisida issiqlik vanna tashqarisida joylashgan qizdirish elementida, ikkinchisida issiqlik suyuq muhitning o’zida generatsiyalanadl. Suyuq muhitda qizdirishning afzalligi shuki, buyum tez va bir tekis qiziydi, sirti oksidlanmaydi. Vanshli pech termik tsexlarda metall detallarni toblash, bo’shatish, normallash, qattiq qizdirish va b. uchun ishlatiladi; 2) ish bo’shlig’i gorizontal yo’ialishda cho’ziq vanna shaklida bo’lgan metall eritish pechi (masalan, Marten pechi).