Vatto (Watteau) Antuan (Jan Antuan)
Vatto (Watteau) Antuan (Jan Antuan) (1684.10.10, Valansenn, frantsuz Flandriyasi — 1721.18.7, Nojan-syurmarn, Parij yaqinida) — frantsuz rassomi, frantsuz realistik san’atining asoschisi. 1717 yilda “Qiferu oroliga ziyoratga” (Luvr, Parijda) yirik asari uchun akademik unvoni berilgan. Vatto ijodi frantsuz rangtasviri, grafikasi va bezak san’ati rivojining yangi bosqichini boshlab berdi, asarlariga alohida ishqiy va jo’shqin ehtiroslar olib kirdi (“Bivuak”, “sug’ur ko’targan savoyar”, 1716 va boshqalar). Vatto ilk bor san’atda istehzo va kuyunchaklik bilan yo’g’rilgan nozik ruhiy holatlarni aks ettirdi (“Venetsiya bayrami”, “muhabbat tantanasi” va boshqalar). Vatto merosi (ayniqsa bezak nafosati bilan) rokokoni uslubiy yo’nalish sifatida rivojlanishiga zamin yaratdi.