Vitruviy

Vitruviy (Vitruvius) — Rim me’mori va muhandisi (miloddan avvalgi 1-asrning 2-yarmi). “Me’morlik haqida o’n kitob” ilmiy asari bilan tanilgan. Unda shaharsozlik, muhandis-texnik va badiiy masalalar tahlil qilinib, qadimgi ellinistik yunon va Rim me’morligida to’plangan nazariy va amaliy tajribalar umumlashtirilgan. Vitruviy traktati 15-asrda chuqur o’rganilib, 17-18-asrlar me’moriy order shakllarini yaratishda muhim rol o’ynagan.