Vixara
Vixara (sanskritcha Vihara — almashish, joyini o’zgartirish) — budda monastiri; shuningdek Hindistondagi qoyatoshlarga o’yib ishlangan sun’iy g’orlarning maxsus turi bo’lib, ular budda rohiblari turishi uchun hujra vazifasini o’tagan. Hindistondagi Bihar viloyatining nomi ham u yerda Vixaraning ko’pligi tufayli qo’yilgan. Vixaralar buddizm vujudga kelgan davrdan ma’lum. Buxoro shahri nomi Vixaradan olingan degan taxminlar mavjud.