Vitvatersrand

Vitvatersrand — dunyodagi eng yirik oltin-uranli havza (kon). JAR hududida (Transvaal va Oranj provintsiyalari) joylashgan. 1884 -yilda ochilgan. 1886 yildan ekspluatatsiya qilina boshlagan. 1952 yildan yo’l-yo’lakay uran olinmoqda. 1980 yilgacha kondan 36 ming tonna oltin olingan. Bu esa iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda olingan oltinning qariyb 1/3 qismini tashkil etdi. Oltinning umumiy zaxirasi 15,5 dan 18,7 ming tonnagacha, tovar rudasidagi o’rtacha miqdori 9,3 g/t. 10 ta gorizontdan 4000 metrgacha chuqurliqdan ol tin olinadi. Ruda qazib olishning yirik markazlari: Yoxannesburg, Klerksdorp, Odendalsryus, Belkom. Shaxtalarda temperatura 50° dan yuqori. U3Og ning umumiy zaxirasi 128 ming tonna, ruda tarkibidagi o’rtacha miqdori 0,02—0,05%. 1970-yillar 2-yarmida har yili 3,2 dan 5,5 ming tonnagacha uran olingan. 1970 yilda eng ko’p oltin olingan (1000,4 tonna). Keyingi yillarda olingan oltinning miqdori asta-sekin kamaya bordi. Yo’l-yo’lakay pirit, osmiyli iridiy guruhi minerallari, platinali metallar va kumush olinadi. Rudalanish asosan quyi proterozoy davri Vitvatersrand sistemasida joylashgan. Rudali konglomeratlardagi ruda jinslari (riflar) rudasiz kvarsit qatlamlari bilan birga uchraydi. Konglomeratlar riflar hosil qilgan, ularning sanoatbop xillari banket deb ataladi. Alohida konglomerat qatlamlarining qalinligi 2-3 santimetrdan 3 metrgacha, uzunligi 3-4 kilometrgacha. Rudali maydonda 3 yarus (yuqori, o’rta va quyi) jinslari ishtirok etgan. Quyi yarus arxey davri gneys va kristalli sla- neslardan, o’rta yarus kechki tokembriy slanes, kvarsit, konglomerat va vulkan jinslaridan va yuqori yarus paleozoy yotqiziqlaridan tashkil topgan. Vitvatersrand hosil bo’lishi munozarali. Bir guruh olimlar Vitvatersrand qadimgi daryo deltalari sochmalari bo’lib keyinchalik metamorflashgan desalar, boshqalar gidrotermal jarayoni ishtirok etgan deb hisoblaydilar.