Veteran

Veteran (lotincha veteranus, vetus — keksa so’zidan olingan) — 1) qadimgi Rimda armiya xizmatini o’tab bo’lgan soldat. Veteranlarga yer ajratilgan (Italiya yoki uning provintsiyalarida) yoki pul mukofoti, shuningdek Rim fuqarosi huquqi berilgan, ular har xil majburiyatlardan ozod etilgan; 2) keksa jangchi, o’tmishdagi urush qatnashchisi; 3) biror sohada uzoq yil ishlagan yoki xizmat qilgan kishi (masalan, mehnat Veterani, urush Veterani).