Vengerka
Vengerka — serhosil olxo’ri navi. Vatani G’arbiy Yevropa. O’zbekistonda va Turkmanistonda ekiladi. Daraxti o’rtacha o’sadi, balandligi 4-5 metr. Bargi yirik, gullari yirik, oq, xushbo’y. O’zidan changlanadi. Mevasi yirik (45-50 gramm), to’q binafsha rangda. Eti tig’iz, shirin, xushxo’r. Tarkibida 17,2 % qand, 1 % kislota, karotin. S vitamini bor. Sug’oriladigan maydonlarda yaxshi hosil beradi. Ko’chati ekilgandan keyin 5-yili hosilga kiradi. Bir tupi 130 kilogrammgacha meva beradi. 30 yilgacha yaxshi hosil qiladi. Zararkunanda va kasalliklarga chidamli nav. Aprel o’rtalarida gullaydi, mevasi avgust oxirlarida pishadi. O’zbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi solinadi, kompot, murabbo tayyorlanadi.