Vorislik huquqi

Vorislik huquqi – vafot etgan shaxs meros bo’yicha huquqdari va majburiyatlarining yurislariga o’tish tartibini belgilovchi huquqiy me’yorlar majmuasi; fuqarolik huquqining bir qismi. Fuqaroning vafotidan keyin vorislarga o’tadigan mol-mulki meros mulk hisoblanadi. Vorislik vasiyat va qonun bo’yicha amalga oshiriladi. Meros tarkibiga meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo’lgan, uning o’limidan keyin ham bekor bo’lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar kiradi. Ammo meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan huquq va majburiyatlar, xususan yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga a’zolik, ularda ishtirok etish huquqi; pensiya, nafaqa va boshqa to’lovlar olish huquqi; mulkiy huquqlar bilan bog’liq bo’lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmaydi. Vorislik to’g’risidagi bu va boshqa umumiy qoidalar, jumladan umumiy birgalikdagi mulk bo’lgan mol-mulkni meros qilib olish, merosning ochilish payti va joyi. merosxo’r bo’lishi mumkin bo’lgan fuqarolar, noloyiq merosxo’rlarni merosdan chetlatish haqidagi qoidalar O’zbekiston” Respublikasi FK 1112-1119-moddalarida belgilab berilgan. Meros qoldiruvchining bolalari (shu jumladan farzandlikka olingan bolalari), eri (xotini) va ota-onasi (farzandlikka oluvchilar), vafotidan keyin tug’ilgan bolalari teng ulushlarda qonun bo’yicha 1-navbatdagi Vorislik huquqiga ega bo’ladilar. O’zbekiston Respublikasi FK 1136-1141 -moddalarida yana 2,3, 4, 5-navbatdagi Vorislik huquqiga ega bo’lgan fuqarolar, avlodlar va boshqalar sanab o’tilgan, qonun bo’yicha merosxo’rlar mana shu moddalarda nazarda tutilgan navbat tartibida vorislikka chaqiriladi. Merosdan majburiy ulush olish huquqi, meros olishda er (xotin)ning huquqi, qonun bo’yicha meros olinganda merosni muhofaza qilish va uni boshqarish haqidagi qoidalar O’zbekiston Respublikasi FKda (1142-1144-moddalar) belgilangan.