Volfram rudalari
Volfram rudalari – texnika va iqtisodiyotning zamonaviy rivojlangan darajasida volfram miqdorini ajratib olishda foyda keltiradigan tabiiy mineral hosilalar. Volframning 20dan ortiq minerali (volframit (Mn, Fe) [WOJ, sheelit (CaWO4), gyubnerit Mn[WOJ va boshqalar) ma’lum. Volfram rudalari tabiatda kassiterit (SnO2), molibdenit (MoS2), rux, mis, qo’rg’oshin, sof oltin bilan birga uchraydi. Volframitda 74-76% gacha, sheelitda 80% gacha Yu3bo’ladi. Volfram rudalarida ko’p miqdorda tantal va skandiy elementlari qo’shimcha holida uchraydi. Volfram rudalari boyitish fabrikalarida turli aralashmalardan tozalanib, gravitasion, flotasion metodlar bilan saralanib, kontsentrat (50— 60%li) holiga keltiriladi. Volfram rudalari konlari hosil bo’lishiga qarab greyzen, kontakt-metasomatik, gidrotermal, pegmatit-pnevmatolit, shtokverkli turlarga bo’linadi va granit intruzalari bilan genetik bog’liq. Gidrotermal konlar Volfram rudalariga boy. Skarnli va shtokverkli turlari eng katta konlar hisoblanadi. Volfram rudalari konlari granitlar keng tarqalgan rayonlarda uchraydi. Tub konlarning yuvilib ketishidan volframit va sheelitli delyuvial va allyuvial sochmalari hosil bo’ladi. Volfram rudalarining O’zbekiston (Nurota tog’lari) da, xorijiy mamlakatlardan Rossiya Federatsiyasi (Baykalorti, Primore) Qozog’iston, XXR, KXDR, Braziliya, Boliviya, Avstraliya, Portugaliya, Peru, Tailand, AQSh, Myanmada konlari topilgan. Volfram rudalarining 80% ga yaqini yuqori temperaturaga chidamli qotishmalar, lak-bo’yoqlar va korroziyaga chidamli materiallar olishda hamda elektrotexnika, Radiotexnika, tibbiyotda foydalaniladi.