Vladimirova Ninel Vasilevna
Vladimirova Ninel Vasilevna (1929.24.4, Nikolaev shahri) — adabiyotshunos, tarjimon. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1984), Filologiya fanlari Doktori (1981). O’rta Osiyo davlat universiteti Sharq fakultetini tugatgan (1950). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi til va adabiyot institutida ilmiy xodim (1950-81; 1985 yildan), director o’rinbosari (1981-85). O’zbek adabiyotida hikoya janri, badiiy tarjima nazariyasi haqida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Oybekning “mukammal asarlar” to’plami (1-20; 1975-82) tuzuvchilaridan. Said Ahmad (“Ufq”), Mirmuhsin (“Me’mor”), Mirzakalon Ismoiliy (“Farg’ona tong otguncha”) romanlari va bir qancha hikoyalarni (“Anor” to’plami, 1967) o’zbek tilidan rus tiliga tarjima qilgan. “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan (1999).