Vodevil

Vodevil (Fransuzcha Vaudeville) – 1) naqarotli qo’shiq (kuplet) va musiqa jo’rligida ijro etiladigan yengil hajviy pyesa (komediya). Odatda, latifasimon mazmunga asoslanadi, ba’zan raqs bilan ijro etiladi. Vodevil 18-asrning oxiridan boshlab Frantsiya professional teatrining ommabop janri bo’lib qolgan, 19-asrda butun Yevropaga tarqalgan. Keyinchalik Vodevil o’rnini operetta, Varete, Myuzik- Xoll va boshqa janrlar egallagan; 2) hajviy opera, pesalar oxirida spektakl ishtirokchilarining tomoshabinlarga murojaat qilib aytadigan qo’shig’i. Unda shu asarning pand-nasihatomuz xulosasi hajv yoki hazil-mutoyiba shaklida ifodalanadi. Masalan, S. Yudakovning “Maysaraning ishi” hajviy operasidagi Vodevil.