Vodil
Vodil — Farg’ona viloyatidagi qishloq. Farg’ona tumani markazi. Shohimardonsoy bo’yida joylashgan. Aholisi 29 ming kishi (2000). Yaqin temir yo’l stantsiyasi — Farg’ona (25 kilometr). Paxtachilik, bog’dorchilik va chorvachilik bilan shug’ullaniladi. Vodilda maishiy xizmat ko’rsatish punktlari, pillani qayta ishlash zavodi, 9 umumiy ta’lim maktabi, 1 litsey, 1 musiqa maktabi, bolalar sanatoriysi, kinoteatr, 3 kasalxona, kinoteatr, 5 kutubxona bor. Farg’ona— Shohimardon, Vodil—Oltiariq avtomobil yo’llari o’tadi.