Abak, abaka
Abak, abaka (yunoncha, abax, abakion, lotincha abacus-taxta, hisob taxtasi)-1) antik me’moriy orderlardagi kapital (ustun qoshi)ning yuqori qismini tashkil etuvchi toshtaxta. U antablementni ko’tarib turadi. Abak odatda, kvadrat shaklida, uning chekka qismlari to’g’ri yoki biz oz botiq holda bo’ladi; 2) Yunonistonda, keyincha Ga’rbiy Yevropada XVIII asrgacha arifmetik amallarni yechishda qo’llanilgan sanoq taxtachasi. Taxtacha tasmalariga terilgan munchoq, toshcha va hokazolarni surib amallar yechilardi. Hozrga qadar ba’zi Sharq mamlakatlarida Abakka o’xshash sanoq taxtachalari qo’llaniladi.