Abbosiylar

Abbosiylar-Arab xalifalari sulolasi bo’lib (749-1258), bu sulolaga Muhammad Payg’ambarning amakivachchasi Abu-ul Abbos as-Saffoh (749-754) asos slogan. Abbosiylar sulolasi besh asr, ya’ni 749 yildan 1258 yilgacha hukm surgan. Abbosiylar sulolasi vakili xalifa Al-Mansur (754-775) xalifalik poytaxtini Damashqdan Bag’dodga ko’chirgan. Xalifalardn Mahdiy (775-785), Xorun ar-Rashid (786-809), Amin (809-813), Ma’mun (813-833), Mu’tasim (833-842) davrida Arab xalifaligi nihoyatda qudratli davlatga aylangan. Abbosiylardan 38 kishi xalifa bo’lgan. Mana shu davrlarda Movarounnahr ham xalifalikka bo’ysungan. Somoniylar davridan boshlab Movarounnahr mustaqillikka erishib, xalifalik tarkibidan chiqqan.