ABDULALI TARXON

ABDULALI TARXON (15-asr) – Buxoro viloyati hokimi (15-asr 90-yillari). Sulton Axmad Mirzoning nufuzli amirlaridan, yirik mulkdor. Abdulali Tarxon Shayboniyxon bilan yaxshi munosabatda bo’lgan. Bobur: “Shayboniyxonning muncha taraqqiy topmog’ig’a va muncha qadim xonavodalar buzulmog’ig’a Abdulali Tarxon sabab bo’ldi”, deb yozgan.