ABDULKARIM SOTUQ BUG’ROXON

ABDULKARIM SOTUQ BUG’ROXON Qoraxon (859-955) — Qoraxoniylar sulolasi asoschisi. 880 yil Torim vodiysining Lo’p, Charchan, Xo’tan, Kuchor shaharlari joylashgan hududida markazlashgan hokimiyatga asos solgan. Rivoyatlarga qaraganda, u Qashqarga savdo karvoni bilan kelgan Hoji Abu Nasr Somoniy vositasi bilan Islom dinini birinchi bo’lib qabul qilgan va 12-25 yoshlarida Qur’oni Karimni yod olgan. Aabdulkarim Sotuq Bug’roxondan boshlab Islom dini Qashqar, Yorkent, Oqsuv va Xo’tanga tarqalgan. Uning qabri Qashqarning Ostin Ortush mavzesida bo’lib, musulmonlar orasida tabarruk ziyoratgoh sifatida mashhur.