ABDULMALIK IBN NUH

ABDULMALIK IBN NUH (944-961) — Somoniylar amiri (954-961). Otasi Nuh ibn Nasr vafotidan keyin o’n yoshida taxtga o’tiradi. Nuh ibn Nasr davrida buvayhiylar bilan boshlangan urush Abdulmalik Nuh davrida (956) yarash bilan yakun topadi. Abdulmalik Nuh davrida davlatni idora qilishda lashkarboshilarning mavqei baland bo’lgan. Mas, buyuk hojiblik mansabiga tayinlangan Alpteginning obro’si oshib ketganidan xavfsirab, uni mansabidan chetlatmoqchi bo’lgan, biroq uddasidan chiqa olmagan. Abdulmalik Nuh chavgon o’ynab turib, otdan yiqilib halok bo’ladi.