ABDULMANNON KOTIB
ABDULMANNON KOTIB Abdulvahhob o’g’li (1880, Toshkent — 1945)— xattot. Abdulmannon kotib tomonidan nasta’liq xati bilan ko’chirilgan 20 dan ortiq qo’lyozma O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo’lyozmalar fondida saqlanmoqda. Bular orasida Navoiyning “Xamsa” (1905) va “Majolis un-nafois” (1917), Mirzo Salimbekning “Kashkuli Salimiy” (1912), Binoiyning “Bog’i Eram” (1917), Afzal Pirmastiyning “Afzal ut-tazkor” (1917) kabi asarlari bor.