ABDURAHMON I

ABDURAHMON I (731/734-788) – Qurtuba amiri (756 yildan). Pirenei yarim orolidagi Arab amirligi va Qurtuba umaviylari sulolasi asoschisi. Mamlakatda hokimiyatni markazlashtirish siyosatini olib borib, ichki nizolarga qarshi kurashgan, qabilalar isyonlarini beayov bostirgan.