Abordaj

Abordaj (fransuzcha abordage, bord-kema borti, qiri)-eshkakli va yelkanli kemalar bir-biriga yaqin kelganda, ikkala tomon askarlarining kemalarga o’tib yuzma-yuz jang qilish usuli (XIX asrgacha). Abordaj usuli eshkakli qayiqlar bilan ham ktta kemalarga nisbatan, odatda, tunda qo’llanilgan. Ilk bor Abordaj Puni urushlari davrida tilga olinadi. Rim floti qo’mondoni Gay Duiliy tomonidan karfagenliklarga qarshi qo’llanilgan. Artilleriyaning uzoq masofaga o’q uzish va tez otish qobiliyati kuchayishi, tezyurar kemalarning paydo bo’lishi Abordaj o’z ahamiyatini yo’qotgan.