Abu Sufyon

Abu Sufyon – to’liq ismi Abu Sufyon ibn Harb ibn Umayya ibn Abdushams (567, Makka-652) yirik savdogar, kurayshiylar zodagoni. Makkada Muhammad (s.a.v.)g ava ularning diniy targ’ibotiga qarshi kurashib, u zotni ta’qib qilgan. Musulmonlarga qarshi olib borilgan Uhud va Xandaq janglarida mushriklar boshliqlaridan biri bo’lgan. Muhammad (s.a.v.) Makkani fath qilishi arafasida islomni qabul qilgan. Islom himoyasi uchun Hunayn jangi va Toif qamalida qatnashib, bir ko’zidan judo bo’lgan. So’ngra Muhammad (s.a.v.) uni Najron viloyatiga hokim etib tayinlanganlar. Muhammad (s.a.v.)ning vafotlaridan keyin Shom fathida qatnashgan. Yarmuk jangida jasorat ko’rsatib, ikkinchi ko’zidan ham ajralgan. Xalifa Usmon (r.a.) davrida Abu Sufyonning o’g’li Muoviya I Suriya hokimi etib tayinlangan. Keyinchalik Ali (k.v.) vafotidan keyin (661), xalifalik hokimiyatini qo’lga olgan Muoviya I umaviylar sulolasiga asos solgan.