ADONIS

ADONIS (Adonis) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o’tlar turkumi. 20 ga yaqin bir yillik va ko’p yillik turlari bor. O’rta Osiyo, Sibir va Yevropa tog’larida o’sadi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi yaylovlarda Adonisning 4 turi (Adonis parviflora, Adonis turkestanica, Adonis leiosepala, Adonis chrysocy-athus) uchraydi. Ayrim turlari (ayniqsa, Adonis turkestanica va Adonis vemalis va boshqalar) dan yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladigan adonizid olinadi. Bu turlarning poyasi tik (20— 40 santimetr), tukli bo’lib, gullab bo’lgandan so’ng tuklari to’kilib ketadi. Adonis barglari qirqma, patsimon, murakkab, poyasining yuqori qismida bandsiz, quyi qismida bandli. Gullari yirik, aktinomorf (to’g’ri), har bir poyacha uchida bittadan gul bo’ladi: gulkosachasi 5 ta ko’k kosachabargdan, gultoji 5-20 ta sariq gulbarglardan iborat. Changchi va urug’chilari ko’p. Gul o’rni konussimon. Adonis aprel — may oyida gullaydi.

ADONIS — kichik Sayyora. Quyosh atrofida (taxminan 296 million kilometr uzoqlikda) ellips (e-0,78) bo’ylab 1008 sutkada to’la bir marta aylanadi. 1968 yilgacha faqat bir marta — yerga 2 million kilometr masofada yaqinlashgan paytida kuzatilgan.