AEROLOGIYA STANTSIYASI
AEROLOGIYA STANTSIYASI – shamol, temperatura, bosim va namlikni muntazam kuzatib boruvchi stansiya. Aerologiya stantsiyasida yer ustidagi meteorologik kuzatishlar va aerologik o’lchash natijalari tegishli tashkilotlarga yuborib turiladi. Asosan radiozond, aerostat, meteograflar, aerologik teodolit, radioteodolit va radiolokatorlar bilan jihozlanadi. Aerologiya stantsiyasi ma’lumotlari aerologiya markazlarida jamlanadi.