Aerometodlar
Aerometodlar — hududlarni aviatsiya va Yerning sun’iy yoldoshlari yordamida o
rganish metodlari. Bunda yer yuzasidagi landshaftlar, ayrim predmet, jarayon va hodisalar samolyotdan olingan yoki kosmosdan olingan suratlar asosida tahlil qilinadi.
Aerometodlar atmosfera va gidrosferadagi jarayonlarni (jumladan, atmosfera sirkulyatsiyasi, okean suvlari sirkulyatsiyasi, muzliklar harakati va boshqalarni) kuzatib borishda, tabiiy sharoit hamda resurslarni o`rganishda tobora katta ahamiyat kasb etadi.