AEYUDINAMIK KUCH
AEYUDINAMIK KUCH – suyuqlik (gaz)da harakat qilayotgan jism sirtiga ta’sir etuvchi kuch. Harakatdagi jism sirtining har bir unsuriga ta’sir etuvchi Aeyudinamik kuchlarni bitta teng ta’sir etuvchi kuch bilan almashtirish mumkin (to’la Aeyudinamik kuch va bosh moment — aerodinamik moment). Aeyudinamik kuchni uchta proektsiyaga ajratish mumkin: 1) harakat yo’nalishiga qarshi bo’lgan kuch — aerodinamik qarshilik X; 2) tezlik yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan ko’tarish kuchi Y; 3) yon kuch — X va K kuchlarga perpendikulyar kuch. To’la Aeyudinamik kuch ba’zan to’la aerodinamik qarshilik deb ataladi.