Afina tarbiyasi
Afina tarbiyasi-miloddan avvalgi VII-V asrlarda Qadimgi Afinada bolalar va o’smirlar (qullardan tashqari) tarbiyasi tizimi. 7 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan bolalar grammatika maktabi, kifarachilar va palestra maktabida o’qitilgan. O’ziga to’q oilalarnng farzandlari mashg’ulotlarni 18 yoshgacha gimnaziyada davom ettirganlar. 18-20 yoshdagi o’smirlar tarbiyasi eferbiyada shug’ullanish bilan yakunlangan. Ma’naviy tarbiya gimnastik tarbiya bilan qo’shib olib borilgan. Jismoniy mehnat bilan shug’ullanishga yo’l qo’yilmagan.