AFONIYA

AFONIYA (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va phone — ovoz) — shivirlab gapirish qobiliyati saqlangani holda ovoz chiqmay qolishi. Afoniya turli kasalliklar: hiqildoq, nervsistemasi, shuningdek organizmning umumiy kasalliklari belgisi bo’lishi mumkin. Chin, paralitik, funktsional va spastik xillari bor. Ovoz boylamlarining yetarli yumilmasligi yoki tebranmasligi bilan kechadigan kasalliklarda (yallig’lanish, rak va hokazolar) chin Afoniya ro’y beradi. Hiqildoq nervi faoliyatining bir tomonlama buzilishi (qalqonsimon bez operatsiyasi va boshqalar), nerv kasalliklari paralitik Afoniyaga sabab bo’lishi mumkin. Odatda, asabiy bemorlarda ovoz boylamlarini harakatlantiruvchi nerv mexanizmlarining vaqtincha tormozlanishi, ruhiy iztirob, qo’rqish va boshqalar natijasida funktsional Afoniya yuzaga keladi. Xalqum va hiqildoq shilliq qavatiga o’yuvchi kimyoviy moddalar ta’sir etishi va boshqa spastik Afoniyaga sabab bo’ladi.