AFSHONA
AFSHONA, Afshina — Buxoro viloyati, Romitan tumanida joylashgan qad. qishloq. Narshaxiyning yozishicha, ” Afshona mustahkam Hisor va katta shahristonga ega bo’lib, bir qancha qishloqlar unga mansub bo’lgan, u yerda haftada bir kun bozor bulgan. Bu qishloqning ekin yerlari va biyobonlari madrasa talabalariga vaqf qilingan. Qutayba ibn Muslim u joyda maejidi jome bino qilgan… Bu yer duo qabul bo’ladigan joy. Odamlar shahardan u joyga boradilar va uni tabarruk deb hisoblaydilar”. Shunga ko’ra Afshona sug’dcha “duo tezroq mustajob bo’ladigan muqaddas joy” ma’nosini anglatadi. Abu Ali ibn Sino shu qishloqda tug’ilgan. Bukj olim tavalludining 1000 yilligi Afshonada tantanali nishonlangan.
“AFSHONA” — choyxona, Buxoro viloyati, Romitan tumani Afshona qishlog’ida (1980, me’mori N. Sharipov, T. Boboyev). Nurota marmarining xarsang toshlaridan o’ziga xos loyiha asosida qurilgan. Ikki xonali (30 o’rinli). Shimolga qaragan xona oldi ikki ustunli, shariku qaragan xona oldi uch ustunli ayvon. Yarim aylana ko’rinishdagi mo’rili samovarxonasi ikki yo’lakning tutashgan joyida. Bosh tarzini ikki minoracha bezaydi, uning yonidagi yarim aylana zina orqali minoraga va choyxona tomidagi tomosha maydonchasiga chiqiladi. Choyxonaning eshik va ustunlari milliy me’morlik an’analariga xos yog’och o’ymakorligi bilan bezatilgan. Xona miniatyura uslubidagi nafis devoriy rasmlar (rassom Ch. Ahmarov rahbarligida T. Sa’dullayev ishi) bilan bezatilgan.