AG’DAM
AG’DAM — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar (1828 yildan). Qorabog’ tizmasining etagida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 39,8 ming kishi (1999). Oziq-ovqat sanoati (jumladan vinochilik) rivojlangan. Metallsozlik, gilam to’qish korxonalari, yog’sir zavodi, teatr bor. Ag’damga 1741 yil asos solingan.